Nazariy imtihondan birinchi urinishda o‘tish: 7 ta amaliy maslahat
Test savollarining mantiqi, eng ko'p xato qilinadigan mavzular va tayyorgarlikni qanday rejalashtirish kerakligi.
To'liq o'qish
Hujjatlar, tibkomissiya, nazariy va amaliy imtihon — qaysi bosqichda nima kerakligi va qancha vaqt ketishi haqida.
Haydovchilik guvohnomasi olish jarayoni ko'pchilikka murakkab tuyuladi. Aslida u to'rtta aniq bosqichdan iborat va har birining o'z muddati bor.
Avtomaktabga yozilish uchun pasport va tibbiy ma'lumotnoma kerak. Tibkomissiyani oldindan o'tib qo'yish tavsiya etiladi — u odatda bir kun oladi va natijasi bir yil amal qiladi.
Nazariya kursi yo'l harakati qoidalari, belgilar, birinchi tibbiy yordam va avtomobil tuzilishini qamrab oladi. Bizda bu qism online formatda ham mavjud — dars yozuvlarini istalgan vaqtda ko'rish mumkin, lekin yakuniy testni jonli topshirasiz.
Amaliy mashg'ulotlar avtodromda boshlanadi: parkovka, estakada, ilon izi. Keyin shahar sharoitiga chiqiladi. O'rtacha 20–30 soat mashg'ulot yetarli bo'ladi, lekin bu individual — kimdir tezroq, kimdir sekinroq o'zlashtiradi.
Imtihon ikki qismdan iborat: kompyuterda test va amaliy haydash. Testda 20 ta savoldan kamida 18 tasiga to'g'ri javob berish kerak.
O'rtacha 1–2,5 oy. Ekspress kursda 7–10 kunda ham ulgurish mumkin, lekin bu avval haydash tajribasi bo'lganlar uchun.
ImtihonTest savollarining mantiqi, eng ko'p xato qilinadigan mavzular va tayyorgarlikni qanday rejalashtirish kerakligi.
To'liq o'qish
MaslahatIkkala variantning afzalliklari, cheklovlari va guvohnomadagi belgilar — qaror qabul qilishdan oldin bilish kerak bo'lgan narsalar.
To'liq o'qish